#Texnikum
#TATU
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mas’ul xodimlari hamkorlik doirasida Toshkent axborot texnologiyalari texnikumida bo‘lishdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan professional ta’lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning 6-iyul kuni TATUning hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektor Sh.To‘raev universitetning mas’ul xodimlari bilan birgalikda Toshkent axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida belgilangan topshiriqlar asosida bajarilgan ishlar muhokama qilinib, ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarini yangilash, hamkorlikda adabiyotlar yaratish va ilmiy maqolalar tayorlash, taxnikumning ta’lim jarayonida TATU professor-o‘qituvchilari salohiyatidan foydalanish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilandi.