2016 yil 27 iyun kuni "O’zbekiston temir yo’llari” AJda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va hodimlar ish sifatini oshirish maqsadida "Kadrlar hisobotini olib borishning korporativ tizimi” hamda "Eletron hujjat aylanmasining korporativ tizimi” dasturiy ta’minotlarini joriy qilish masalalari bo’yicha Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti mutaxassislari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti mutaxassislari ishlab chiqilgan dasturiy tizimlar haqida batafsil ma’lumot berishdi hamda ko’zda tutilgan ishlanmalar "O’zbekiston havo yo’llari” MAK kabi tashkilotlarda joriy qilingani va amalda qo’llanilayotganini ta’kidlab o’tishdi.
Taqdimot jarayonida qatnashchilar axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasiga oid fikrlar bilan o’zaro almashdilar. Shuningdek, tanishtirish jarayonida "O’zbekiston temir yo’llari” AJ ta’sischisi bo’lgan "Axborotlashtirilgan ilmiy-tadqiqot markazi” nodavlat notijorat tashkiloti hodimlari tomonidan axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasida o’zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish masalasini ko’rib chiqish taklifi kiritildi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari hamkorlik qilishni ma’qullashdi va shu munosabat bilan "Axborotlashtirilgan ilmiy-tadqiqot markazi” nodavlat notijorat tashkiloti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan imzolanadigan Memorandum loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.