
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va ta’lim sohasidagi mutaxassislar!
✅YUNESKO tomonidan Hamdan bin Rashid Al-Maktum nomidagi jamg‘armaning 2025–2026-yillar uchun o‘qituvchilarning salohiyatini oshirishga qaratilgan mukofoti uchun tanlov e’lon qilindi.
🏅Mukofot haqida:
Mazkur mukofot o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qo‘shgan salmoqli hissasini e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan. Umumiy mukofot jamg‘armasi 300 000 AQSh dollarini tashkil etadi va 3 nafar g‘olib o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak:
👉 https://www.unesco.org/en/prizes/teacher-development
❗️Ro‘yxatdan o‘tgach, ariza ingliz yoki fransuz tilida onlayn tarzda to‘ldiriladi.
Ariza to‘ldirish uchun batafsil yo‘riqnoma ilovada keltirilgan.
⏱Ariza topshirish muddati:
2025-yil 24-oktyabrgacha.
✉️Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
teacherprize@unesco.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.