
Tadbirda Said Ahmadning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning o‘lmas asarlari va xalqimiz ma’naviyatidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Adibning ijodiy merosi muhokama qilinib, uning hikmatli so‘zlari va hayot yo‘li yosh avlodga o‘rnak sifatida taqdim etildi.
Tadbirlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari, talabalari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, uyushma a’zolari hamda adabiyot va san’at sohasi vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir doirasida “Bir haftada–bir kitob” va “Kitobxon yoz – 2025”, adabiyot va sheʼriyat kechasi munozaraga boy o‘tdi.
Said Ahmadning o‘lmas merosi bugungi kunda ham yoshlar qalbida ijodiy ilhom va milliy g‘urur uyg‘otmoqda!