TATUda xalqaro seminar-trening ish boshladi

21 iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yevropa hamkorlik tashkilotining ERASMUS+ dasturi GREB loyihasi asosida xalqaro seminar-trening o‘z ishini boshladi.
Ushbu xalqaro seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi PQ-2834-sonli – “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli – “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari ijrosi yuzasidan tashkil etildi.
Seminarda Italiya, Shvetsiya, Ispaniya, Sloveniya, Avstriya, Belgiya, Rossiya, Mongoliya davlatlari oliy ta’lim muassasalari va Halqaro ilmiy tashkilotlar bilan birga O‘zbekistonning Loyihani bajaruvchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, shu jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan dastur koordinatorlari va bajaruvchilari, yetakchi olimlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Yuqori texnologiyali turar-joy-jamoaviy qurilish o‘quv dasturlarini modernizatsiyalash va ta’lim jarayoni salohiyatini oshirish - seminarni asosiy maqsadi hisoblanadi.
Texnika va texnologiya har doimgidan ham taraqqiy etgan bugungi kunda, ularning yutuqlari inson faoliyatining barcha jabhalariga singib, inson hayot tarzini yengillashtirmoqda. Texnologiyaning bunday yutuqlaridan biri “yuqori texnologiyali turar-joy” konsepsiyasidir.
“Yuqori texnologiyali turar-joy” – bu yoritish, isitish, ventilyatsiya, suv ta’minoti, xavfsizlik, audio-video qurilmalar va boshqa uy muhandislik tizimlarini nazorat qilish va boshqarish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidir.
Loyiha koordinatorlari va bajaruvchilari, AKT sohasidagi yetakchi olim va mutaxassislarni jam qilgan holda, loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘llari bo‘yicha ma’lumot almashish va istiqbollarini belgilab olish uchun xizmat qiladi.