Joriy yilning 11-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbektelekom AK, Toshkent shahar telefon tarmoqlari filiali oliy toifali va bosh mutaxassislari tomonidan Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor-oʻqituvchilari uchun oʻquv semenari tashkil etildi.
Semenarda Respublikamiz aholisiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishda foydalanilayotgan GPON texnologiyasi asosida telekommunikatsiya xizmatlari (telefon, Internet, IPTV) ni koʻrsatish usullari , optik kabellar ulanishi, kabellarda ulchovlar oʻtkazish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdi hamda nazariy va amaliy tajiribalari va bilimlari bilan oʻzaro oʻrtoqlashishdi.
TATU matbuot xizmati