O‘tgan yili yosh muhandislar orasida katta qiziqish uyg‘otgan, g‘oliblari ELEKTROMOBIL bilan taqdirlangan tanlovni eslaysizmi?

  • Asosiy
  • O‘tgan yili yosh muhandislar orasida katta qiziqish uyg‘otgan, g‘oliblari ELEKTROMOBIL bilan taqdirlangan tanlovni eslaysizmi?

Bu yil ham imkoniyat davom etadi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilda “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Eng muhimi — birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar yana elektromobil bilan taqdirlanadi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
— Eng yaxshi g‘oya;
— Eng yaxshi loyiha;
— Eng yaxshi ixtiro.

 Kimlar ishtirok etadi:
40 yoshgacha bo‘lgan
 professor-o‘qituvchilar;
 talabalar;
 amaliyotchi-muhandislar.

Sizning ham kreativ muhandislik loyihalaringiz bo‘lsa, bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Harakatni hozirdan boshlang, ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha tez kunda batafsil ma'lumot beriladi!