“President Tech Award” tanlovida TATU va uning hududiy filiallari talabalari ishtirokidagi 5 jamoaning barchasi g'olib bo'lib, umumiy hisobda 400 000$ ni qo'lga kiritdi.

  • Asosiy
  • “President Tech Award” tanlovida TATU va uning hududiy filiallari talabalari ishtirokidagi 5 jamoaning barchasi g'olib bo'lib, umumiy hisobda 400 000$ ni qo'lga kiritdi.

“President Tech Award” tanlovida TATU va uning hududiy filiallari talabalari ishtirokidagi 5 jamoaning barchasi g‘olib bo‘lib, umumiy hisobda 400 000$ ni qo‘lga kiritdi.

🐦 Bugun, 25-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligining majlislar zalida sovrin jamg‘armasi 1 000 000 dollarlik "President Tech Award" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

💻 TATUning iqtidorli yoshlaridan tashkil topgan 3 jamoa:

🥇“Axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar” toifasi boʻyicha ALATOR jamoasi 1-o‘rin (sovrin 100 000 $);
🥇“Kompyuter va mobil oʻyinlar” toifasi boʻyicha AirPilot jamoasi 1-o‘rin (sovrin 100 000 $);
🥈Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar toifasi boʻyicha Joyla - Mahalliy E’lonlar jamoasi 2-o‘rin (sovrin 70 000 $).

💻 TATU Farg‘ona hamda Urganch filiallari iqtidorli talabalari ishtirokidagi jamoalar:

🟢“Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar”  toifasi bo‘yicha Mentalaba.uz jamoasi vakili
🥇Ismoilov Sirojiddin (Farg‘ona filiali) 1-o‘rin (sovrin 100 000 $);

🥉Uztrip jamoasi vakili Azimboyev Hasanboy (Urganch filiali) 3-o‘rin (sovrin 30 000 $).

💐Talabalarimizni Yurtboshimiz tomonidan joriy qilingan respublikamizdagi eng yirik startap tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritganliklari bilan tabriklaymiz.  Ishonchingiz komil bo‘lsinki, oliyghomizdagi har bir hodim, talaba va professor-o‘qituvchi ushbu muvaffaqiyatdan g‘ururlanadi! Chempionlarimizga keyingi o‘qish va ishlarida zafarlar tilab qolamiz!