Global Education Conclave 2026 konferensiyasida ishtirok va hamkorlik memorandumi imzolandi

  • Asosiy
  • Global Education Conclave 2026 konferensiyasida ishtirok va hamkorlik memorandumi imzolandi




Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish yo‘nalishida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

2026-yilda Hindiston Respublikasining Mohali shahrida CGC University tomonidan tashkil etilgan Global Education Conclave 2026 xalqaro konferensiyasida universitet vakillari faol ishtirok etdilar.

Mazkur konferensiyada 60 dan ortiq davlatlardan 120 dan ziyod delegatlar qatnashib, global ta’lim, sun’iy intellekt va raqamli transformatsiyaga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston nomidan ilk bor aynan TATU delegatsiyasi ishtirok etdi.

Universitet vakillari:
• Abdullabekova Dilafruz Rustamovna
• Nazerbayeva Maftuna Zinaddinovna

zamonaviy ta’limda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va milliy ta’lim modellari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib, xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Xalqaro hamkorlik doirasida muhim qadam Konferensiya doirasida TATU va CGC University o‘rtasida hamkorlik memorandumi (MoU) imzolandi.

Memorandum quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• qo‘shma ilmiy tadqiqotlar;
• professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
• xalqaro konferensiya va seminarlar;
• innovatsion ta’lim dasturlarini joriy etish.

Mazkur hamkorlik universitetning xalqaro nufuzini oshirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini yuksaltirish hamda global akademik aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu ishtirok O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.