Gidroinshootlardagi kavitatsiya va pulsatsiya jarayonlarning shakllanishini modellashtirish va gidroinshoot turg‘unligiga ta’sirini baholash

  • Asosiy
  • Gidroinshootlardagi kavitatsiya va pulsatsiya jarayonlarning shakllanishini modellashtirish va gidroinshoot turg‘unligiga ta’sirini baholash

Begimov O‘ktam Ibrogimovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida.

Sizni Begimov O‘ktam Ibrogimovichning 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui”ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Gidroinshootlardagi kavitatsiya va pulsatsiya jarayonlarining shakllanishini modellashtirish va gidroinshoot turg‘unligiga ta’sirini baholash” mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasiga taklif etamiz.

Ilmiy rahbar: t.f.d., professor S.I.Xudaykulov

Dissertatsiya himoyasi 2022-yil «23» dekabr soat 16:00 da Muhammd al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining E bino 101 – xonada bo‘lib o‘tadi.