Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish va gender tenglik masalalari boʼyicha davra suhbati oʼtkazildi
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish va gender tenglik masalalari” boʼyicha davra suhbati tashkil etildi.
✅Davra suhbatida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xudoyarova Gulshana Berdinazarovna hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyat boʼlimi rahbari Saodatova Lola Musurmonovna ishtirok etishdi.
📌Tadbir davomida jamiyatda xotin-qizlarning roli, ijtimoiy-siyosiy sohada xotin-qizlarning oʼrni va ahamiyati, xotin-qizlarga bugungi kunda berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.