GameFest 2025 — Markaziy Osiyodagi eng yirik o‘yin industriyasi tadbiri!

  • Asosiy
  • GameFest 2025 — Markaziy Osiyodagi eng yirik o‘yin industriyasi tadbiri!

📅 2025-yil 16–17-may
📍 IT Park majmuasi, Toshkent

GameFest 2025 — bu butun dunyo bo‘ylab o‘yin ishlab chiquvchilar, investorlar, nashriyotlar va mutaxassislarni bir joyga jamlaydigan yirik tadbir. Dasturda forumlar, Game Jam, pitche sessiyalar, ko‘rgazmalar va B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Sizni nimalar kutmoqda:
🔷 Game Forum — xalqaro ekspertlar bilan o‘yin industriyasidagi yangi trendlar va imkoniyatlar
🔷 Animation Forum — animatsiya va raqamli kontent bo‘yicha master-klasslar
🔷 International Game Jam — 72 soatlik xakaton, unda ishtirokchilar yangi o‘yin prototiplarini yaratadilar
🔷 ScaleUp & Fund: Pitch Session — startaplar uchun investitsiya sessiyasi
🔷 B2B Growth Exchange — ishlab chiquvchilar, investorlar va nashriyotlar o‘rtasida biznes uchrashuvlar
🔷 Games and Animations Expo — mahalliy va xalqaro studiyalar tomonidan yaratilgan o‘yin va animatsiya loyihalari ko‘rgazmasi

GameFest 2025 — bu Markaziy Osiyoda o‘yin industriyasining rivojlanishida yangi bosqich bo‘lib, startaplar va investorlar uchun imkoniyatlar eshigini ochadi!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil: gamefest.uz