Mo'ynoq tumanida O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining tashabbusi asosida "Future Muynak" IT markazi va Book cafe ob'ektlari foydalanishga topshirildi. Bu haqida TATU Nukus filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur IT markazida 2D grafik, 3D modellashtirish, animatsiya,web-dizayn, dasturlash, foto rasmalarni qayta ishlash bo'yicha Mo'ynoq yoshlari o'qitiladi.
Shuningdek, Book cafeda adabiy ilmiy kitoblardan keng foydalanish imkoniyatiga ega.
Ma'lumot uchun aytish kerakki, "Future Muynak" IT markazi trenerlari uchun TATU Nukus filiali professor-o'qituvchilari tomonidan muntazam seminar-treninglar tashkil etilib kelinmoqda.
TATU matbuot xizmati