Friendship Association of Nagoya va TATU Nurafshon filiali o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

  • Asosiy
  • Friendship Association of Nagoya va TATU Nurafshon filiali o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

✉️ Joriy yilning 12-iyun kuni Nagoya shahrida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali direktori Nurbek Nasrullayev va Friendship Association of Nagoya rahbari Shamoto Yosuke janoblari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, bilim va tajriba almashish hamda madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida imzolandi.

✅ TATU Nurafshon filiali va Nagoya o‘rtasidagi anglashuv memorandumi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib, bu hamkorlik nafaqat universitetlar o‘rtasidagi, balki butun jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu memorandumning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan ikki mamlakat o‘rtasida yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.