![](https://static.tuit.uz/crop/1/0/850__80_1066590310.jpg)
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Fransiyaning Sorbonne Universitetiga tashrif buyurdi
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi SPACECOM loyihasi ishtirokchilarining kengaytirilgan yig'ilishida qatnashdilar.
Uchrashuvda Sorbonne universitetining akademik va ma'muriy jarayonlari haqida prezentatsiya va muhokamalar bo'lib o'tdi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU delegatsiyasi akademik va moliyaviy mustaqillik sharoitida universitetni rivojlantirishning Fransiya tajribasi bo'yicha qator savollar va muhokalamalarni ilgari surdilar.