Fransiyalik mutaxassislar TATUda!

  • Asosiy
  • Fransiyalik mutaxassislar TATUda!

Kuni kecha universitetimizga Fransiyaning Expertise France delegatsiyasi — Raqamli innovatsiyalar koordinatorlari Jaina Sultanova va Sarvar Jalolov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Markaziy Osiyoning Raqamli Bog‘liqligi (C4CA) loyihasi doirasida TATUning ishtirokini kuchaytirish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi:
C4CA loyihasida universitetning faol ishtirokini ta’minlash
Raqamli infratuzilmani rivojlantirish
e-Gov laboratoriyasini tashkil etish
Davlat muassasalari uchun pilot o‘quv dasturlari
Innovatsion ekotizim bo‘yicha treninglar
Xakatonlar va innovatsion tanlovlar o‘tkazish
Kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy strategiyalar ishlab chiqishda ko‘maklashish

TATU raqamli taraqqiyotda yetakchi bo‘lish sari dadil qadam tashlamoqda!