DIQQAT TANLOV!

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning hududiy filiallari talabalari o‘rtasida 20 martdan 20 aprelga qadar “Mening yurtim, mening shahrim, mening universitetim” mavzusida fotosuratlar tanlovi e’lon qilinadi.

Ishchi guruhga taqdim etilgan fotosuratlar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi:

  • “Eng yaxshi fotoreportaj ishi”
  • “Eng yaxshi fotoportret ishi”
  • “Eng yaxshi fotoijodkor”
  • “Eng yaxshi fotosuratlar seriyasi”
  • “Eng yaxshi tabiat peysaji”
  • “Eng yaxshi shahar peysaji”
  • “Eng chiroyli favvora”
  • “Eng yaxshi fotoocherk”
  • “ Eng yaxshi natyurmort”

Fotosuratlar qog‘oz (razmer minimum 20x30, pasport A-3) va elektron shaklda TATU “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasiga 20 aprelga qadar taqdim etilishi lozim.

Manzil: TATU B-bino 2-etaj 306-xona; el.manzil: b.bazarbaev@mail.ru tel: (371) 238-65-47. Mas’ul shaxs: kafedra mudiri Botir Bazarbaev. Tanlov yakunlari 1 mayda e’lon qilinadi.


Tashkiliy qo‘mita