16 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017 yil 28 oktyabrda tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining harbiy qismlar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va o‘zaro hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylari raisi o‘rinbosari B.I.Raxmatullayev, nafaqadagi polkovnik R.T.Solixov, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylari qoshidagi “Vatanparvar fidoiylar guruhi” badiiy rahbari mayor A.Xamroyev, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylari qoshidagi “Vatanparvar fidoiylar guruhi” direktori J.Z.Gulyamov, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar faxriysi podpolkovnik, Andijon voqealari ishtirokchisi X.M.Ergashevlar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar faxriylari asosan, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz farovonligi va xavfsizligini ta’minlashdek sharafli vazifalari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida “Unutilmagan qahramonlar” nomli videofilm namoyish etilib, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylari qoshidagi “Vatanparvar fidoyilar guruhi” badiiy rahbari mayor A.Xamroyev tomonidan “Vatan posbonlari”, “Sog‘lom bola” kabi vatanparvarlikni madh etuvchi qo‘shiqlari talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.