Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida «Sifatli taʼlim - kelajak poydevori» shiori ostida forum tashkil etildi. Forum Farg‘ona viloyatidagi OTMlar rektorlari ishtirokida bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida «Sifatli taʼlim - kelajak poydevori» shiori ostida forum tashkil etildi. Forum Farg‘ona viloyatidagi OTMlar rektorlari ishtirokida bo'lib o'tdi.

#Forum

Sifatli taʼlim - kelajak poydevori

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida «Sifatli taʼlim - kelajak poydevori» shiori ostida forum tashkil etildi. Forum Farg‘ona viloyatidagi OTMlar rektorlari ishtirokida bo'lib o'tdi.

📌Anjumanni Farg‘ona viloyati hokim o‘rinbosari F.Qosimov ochib berib, bundan keyin shu kabi uchrashuvlar tez-tez bo‘lib turishini taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘.Salomov hamda Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro universiteti rektor o'rinbosari Kawk Bumo nutq so‘zladi.

Filial direktori F.Muxtarov maʼruzasida universitetning 2023-yildagi strategik vazifalar va sifatli taʼlimni amalga oshirishda oliy taʼlimga qo‘yilgan vazifalar, bu borada oliy taʼlim muassasalarining hamkorligi haqida takliflar bildirdi.

🤝Oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.