“Dekan kubogi” musobaqasining final bosqichi va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • “Dekan kubogi” musobaqasining final bosqichi va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultetlarida yuqori saviyada o‘tkazib kelinayotgan sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Dekan kubogi” musobaqasining final bosqichi va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Musobaqa davomida Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining 380 ga yaqin talabalar sportning mini-futbol turidan 28 ta jamoalar ishtirok etgan holda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Barcha kurslardan tashkil topgan jamoalar faol qatnashdi.

🏆 Bellashuv yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:
I - o‘rin 3 - kurs talabalaridan tashkil topgan "Yoshlik " jamoasi.
II - o‘rin 1 - kurs talabalaridan tashkil topgan "Nasaf " jamoasi.
III - o‘rin 3 - kurs talabalaridan tashkil topgan "Telekom" jamoasi qo‘lga kiritdi.

🎁 G‘olib bo‘lgan jamoalar ko‘chma kubog va diplomlar topshirildi.

💬 Tadbirdan asosiy ko‘zlangan maqsad - fakultetda sog‘lom sportni yo‘lga qo‘yish va talaba-yoshlarni bir maqsad sari birlashtirishdir.