Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda filiallar bilan hamkorlik

  • Asosiy
  • Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda filiallar bilan hamkorlik
25-26 may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialida TATU professori M.A.Raxmatullayev ishtirokida “Ilmiy tadqiqotlar uchun elektron axborot resurslari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarning asosiy maqsadi Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, dissertatsiya ishlari va nashr faolligini oshirishga qaratilgan. Seminarda M.A.Raxmatullayevning “Ilmiy tadqiqotlar va dissertatsiya ishlarining axborot ta’minoti”, “Tanlovga taqdim etish uchun ilmiy loyihalarni tayyorlash” mavzularidagi, TATU katta ilmiy xodim izlanuvchisi Sh.B.Normatovning “ilmiy-ta’limiy resurslar xavfsizligini ta’minlash muammosi”, “TATU Qarshi filialida “TechReh” loyihasi bajarilishining holati va istiqboli” mavzularidagi, “E-LINE Press” MCHJ menedjeri N.Pozilovaning “EBSCO Information Services ma’lumotlar bazasi va analitik tizimlar bilan qanday ishlanadi?” mavzusidagi va TATU Qarshi filiali katta o‘qituvchisi Sh.To‘ymurodovning “TATU Qarshi filialida “KA-2-005 – Qoramolchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklaridagi qoramollarning naslchilik hujjatlarining elektron shaklini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihasining bajarilishi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.