Bugun turli xil ijtimoiy tarmoqlarda shuningdek ba’zi bir telegram kanallarda "TATU talabasi yotoqxonada o‘z joniga qasd qildi" degan FEYK xabar tarqaldi. Ushbu xabar yolg‘on bo‘lib, tasdiqlanmagan kanaldan kelgan. Hurmatli universitet rasmiy kanali obunachilari - sizlardan bunday asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarga aldanib qolmaslikni va oliygohimiz hayotidan yangiliklarni faqatgina bizning rasmiy kanaldan olishingizni so‘rab qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, yolg‘on xabarlar tarqalishining oldini olish va uni tarqatgan shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida 2020-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 658-son qonuni bilan yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2022-moddasiga ko‘ra, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, — BHMning 50 baravaridan (11 mln 150 ming so‘m) 100 (22 mln 300 ming so‘m) baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.