Faxriylarni qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish - ezgu maqsadimizdir!

  • Asosiy
  • Faxriylarni qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish - ezgu maqsadimizdir!

Faxriylarni qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish - ezgu maqsadimizdir!

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va mobil aloqa fakulteti “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 7-may “Aloqachilar kuni” hamda 9- may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab universitetimizda uzoq yillar faoliyati yuritib, universitet va yurt ravnaqi uchun kerakli kadrlarni tayyorlashda juda katta hissasini qo‘shgan mehnat faxriylari Abdullayev Axmed Mallayevichning hamda Bo'stonov Xabibullo Xamidovichning uylariga tashrif buyurishdi.

✅Suhbat davomida faxriy o‘qituvchilar yodga olindi hamda ularning ish tajribalari, ish faoliyati davomida bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqea va hodisalar yodga olindi.