Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Iqtisod fanlari doktori, Prof. Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri Kookmin Universiteti "Faxriy professori" unvoni bilan taqdirlandi!
Bugun Kookmin universiteti rahbariyati tomonidan, TATU rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va yetakchi professorlar ishtirokida Kookmin universiteti Faxriy Professorlik unvonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda Janubiy Koreyaning Kookmin universiteti axborot texnologiyalari sohasidagi yuksak yetakchiligi va akademik mukammalligini, universitetlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yuqori darajada yo‘lga qo‘yishda jonbozligini e’tirof etgan holda, muhtaram rektorimizga ushbu yuksak mukofotni taqdim etdi.
Hurmatli rektorimizni ushbu munosib sharaf bilan samimiy tabriklaymiz!