Fastech IT academy o‘quv markazi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Fastech IT academy o‘quv markazi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Fastech IT academy o‘quv markazi vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli o‘tgan seminarda Fastech IT academy o‘quv markazi mutaxassislari tomonidan professional dasturchi bo‘lish uchun kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar, rezyume to‘ldirish sirlari, ish beruvchilar bilan suhbatdan muvafaqqiyatli o‘tish jarayonlari hamda o‘quv markazida stajirovka/amaliyot o‘tash va yuqori daromadli kasblarga ishga joylashish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida o‘quv markazi vakillari tomonidan berilgan Quiz savollariga to‘g‘ri javob bergan talabalar sovg‘alar bilan taqdirlandi.