Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi bilan memorandum imzolandi.
Memorandumdan asosiy maqsad Yangi avlod kadrlarini siyosiy jihatdan yetuk, vatanparvar, partiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarida davr talabiga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatni barpo etish jarayoniga jalb etishdan iboratdir.
Tadbir davomida O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi bilan hamkorlikdagi ishlari uchun filial direktoriga minnatdorchilik xatlari topshirildi.