Farg‘ona shahridagi "Samo" sport majmuasida yana bir nufuzli bellashuvga start berildi.

  • Asosiy
  • Farg‘ona shahridagi "Samo" sport majmuasida yana bir nufuzli bellashuvga start berildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyati, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha 2024-yil ko‘chma kubogi uchun o‘tkazilayotgan respublika musobaqasida mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan futbolsevarlar ishtirok etishmoqda.

Vazirligimiz, Kasaba uyushmalari va tegishli tashkilotlar tomonidan qilingan katta tayyorgarlik ishlari bellashuvni yuqori saviyada o‘tishini taʼminlamoqda. Musobaqa joriy yilning 9-noyabr kuniga qadar davom etadi.

.