E’LON!!!📢
✅“Farg‘ona neftni qayta ishlash” zavodi, respublikamizning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, kreativ, erkin va ijodiy fikrlaydigan talaba-yoshlar o‘rtasida “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” mavzusida onlayn-tanlov o‘tkazishni tashkil etdi.
✅“Farg‘ona neftni qayta ishlash” zavodi tomonidan tashkil etilgan ushbu onlayn-tanlovda qatnashish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olayotgan kreativ, erkin va ijodiy fikrlaydigan talabalar ham taklif etildilar.
✅Onlayn-tanlov quyidagi mavzularda o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
1.Neftni qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish;
2.Neftni qayta ishlash jarayonida operatsion arajatlar va texnologik yo‘qotishlarni optimallashtirish;
3.Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish darajasini oshirish.
👉Onlayn-tanlovda ishtirok etish uchun arizalar rasmiy www.new.fnpz.uz veb-sayti orqali topshiriladi.