Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Kengashining 11-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari taklif qilindi. Yig‘ilishning birinchi qismida filial direktori ma’ruzasi eshitildi.
Direktor o‘z hisobotida o‘tgan oy davomida filialning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarida erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.
2022/2023-o‘quv yilida amalga oshirilgan o‘quv, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy ishlar to‘g‘risida, 2022/2023-o‘quv yili yozgi semestr o‘quv jarayonining hisoboti va talabalarning attestatsiya natijalari tahlili, fakultet dekanlarini hisoboti eshitildi.
● Davlat attestatsiyalari hamda bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining himoyalari natijalari haqida so‘z bordi.
● Bakalavriatura va magistratura bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash holati haqida ma’lumot berildi.
● Ilmiy-uslubiy ishlarni nashrga tavsiya etish bo‘yicha talab va takliflar aytib o‘tildi.