“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasi I bosqichi natijalari

  • Asosiy
  • “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasi I bosqichi natijalari

2017 yilning 15 aprel sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Informatika asoslari” kafedrasi tomonidan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining I bosqichi o’tkazildi. Unda jami 27 nafar iqtidorli talaba keyingi bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritish uchun kurashdilar.

Olimpiada sinov turi natijalariga ko’ra “Axborot xavfsizligi” yo’nalishi 218-13 guruhi 4-bosqich talabasi Ismoilov Isfandiyor Iskandarovich jami 269 ball to’plab keying bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Eslatib o’tamiz olimpiadaning I saralash turida yuqori natija bilan II bosqichiga tavsiya etilgan talabalar 2017 yilning may oyida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan talabalar bilan g’oliblik uchun kurashadilar.

Musobaqaning natijalari bo’yicha batafsil ma’lumotni http://acm.tuit.uz/ saytidan olishingiz mumkin!