O'zbek-belarus axborot texnologiyalari fakultetining talabalari ishtirokida tadbir o'tkazildi.

  • Asosiy
  • O'zbek-belarus axborot texnologiyalari fakultetining talabalari ishtirokida tadbir o'tkazildi.

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir, yor va diyor kuychisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan o‘zbek-belarus axborot texnologiyalari fakultetining talabalari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

✍️ Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tozagul Matyoqubova tashrif buyurdi. Tadbirda atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishi, ulug‘ shoirlar o‘zining she’riy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallaganligi e’tirof etildi.

👏 Tadbirda talaba yoshlar tomonidan buyuk shoirlarning ruboiylari, she’r va g‘azallari o‘qildi.