Expertise France delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • Expertise France delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi

Bugun Expertise France tashkilotining C4CA loyihasi rahbar o‘rinbosari Ms. Julia Schweitzer, C4CA mamlakat bo‘yicha maslahatchisi Mr. Sarvar Jalolov hamda Numéricité kompaniyasi eksperti Mr. Wissem Bellili TATUga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida loyiha doirasidagi 1-komponent — AKT siyosati va reglamentlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun:
TATU va Expertise France hamkorligida ActInSpace Hackathon musobaqasining milliy bosqichi 2026-yil yanvar oyida universitetimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur xalqaro musobaqa CNES (Fransiya Kosmik Agentligi) va ESA (Yevropa Kosmik Agentligi) hamkorligida tashkil etiladi.