Hurmatli talabalar!
🤖 Texnik dizayn, qurilmalarni dasturlash va prototiplash texnologiyalariga qiziqadigan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!
🗓 2026-yil 25-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida texnik dizayn, dasturlash va prototiplash bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tadi.
➡️Agar Siz qurilmaning g‘oyasidan tortib, uning texnik dizayni va dasturlash bosqichigacha bo‘lgan jarayonni amaliy tarzda o‘rganishni istasangiz — ushbu trening aynan Siz uchun!
👨💻 Trener: KDB Bank, “Core Banking System” bo‘limi muhandis-dasturchisi, elektronika va robototexnika yo‘nalishida katta tajribaga ega mutaxassis — Islombek Anvarov.
💬Seminar davomida:
🔴 3D printing asoslari;
🔴 Elektronika va robototexnika;
🔴 Qurilmalarni dasturlash;
🔴 Prototiplash jarayonlarini integratsiya qilish;
🔴 Startup qurilma yaratish bosqichlari.
📍 Manzil: TATU, Faollar majlislar zali
🗓 Sana: 25-fevral, 2026-yil
⏲ Vaqt: 11:30
➡️ Kelajagingizni startap bilan boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!