21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Yoshlar kelajagimiz" shiori ostida estafeta poygasi, mini futbol, shashka, arqon tortish kabi sport musobaqalari o'tkazildi.

  • Asosiy
  • 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Yoshlar kelajagimiz" shiori ostida estafeta poygasi, mini futbol, shashka, arqon tortish kabi sport musobaqalari o'tkazildi.
 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi "Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiyalanishi tubdan yangilangan tizimini joriy etish jora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori, hamda Prezidentimiz tomonidan berilgab topshiriqlariga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yunusobod tumanidagi 21-Mehribonlik uyi bo'yicha belgilangan vazifalarni muntazam ravishda olib borish uchun "Yo'l xarita"si ishlab chiqilgan.
 
Shu munosabat bilan bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikida 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Yoshlar kelajagimiz" shiori ostida estafeta poygasi, mini futbol, shashka, arqon tortish kabi sport musobaqalari o'tkazildi.
Mazkur musobaqada 5-sinfdan yuqori va 11-sinfgacha bo'lgan yoshlar qamrab olingan bo'lib, jami 100 nafar bolalar ishtirok etdi.
 
Musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan tarbiyalanuvchilar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan esdalik sovg‘alari va sport jihozlari bilan taqdirlandi.
 
Ushbu musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda, juda qiziqarli va mazmunli o'tib, barchaning ko'nglida chuqur taassurotlar qoldirdi.