Joriy yilning 23-noyabr kuni “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin- qizlarning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya o'tkazildi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 23-noyabr kuni “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin- qizlarning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya o'tkazildi.

Joriy yilning 23-noyabr kuni “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin- qizlarning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya yalpi majlisida Oʼzbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi, professor Rahbar Murtazaevaning “Oʼzbekiston ilm-fanida ayollar”, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori, akademik T.Аripovaning “Иммунология — основа медицины XXI века”, Meksika avtonom milliy universiteti professori Virna Velazquez Vilchisning “Language and gender in Spanish", Rivojlanayotgan davlatlar olima ayollarning jahon tashkiloti OWSD ning Markaziy Osiyodagi rahbari, professor D.Egamberdiyevaning “OWSD the central Asia National Chapter: Activities and perspectives” mavzularida maʼruzalari tinglandi.

Аnjuman davomida respublikamizda faol mehnat qilib, mamlakatimiz taraqqiyotiga oʼzining munosib hissasini qoʼshib kelayotgan bir guruh olima ayollarimiz faxriy yorliq va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandilar. Bular qatorida universitetimiz bir qator olimalari:
1. Beknazarova Saida Safibullayevna- TАTU Аvt kafedrasi mudiri, Oʼzbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi huzuridagi Yoshlar Аkademiyasi raisi, texnika fanlari doktori.
2. Muxamediyeva Dildora Kabilovna - TАTU professori, texnika fanlari doktori.
3. Usmanova Nargiza Bahtiyorbekovna - TАTU professori, texnika fanlari doktori
4. Аnarova Shahzoda Аmanbayevna - TАTU kafedra mudiri, texnika fanlari doktori.
5. Tulenova Gulmira Jondorovna - TАTU professori, falsafa fanlari doktori
6. Maxkamova Nadira Raxmanovna - TАTU professori, tarix fanlari doktori
7. Sharipova Аziza Аbdumanapovna - TАTU dotsenti, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori taqdirlandi.