Joriy yilning 10-14-oktabr kunlari Erasmus+ "NICOPA: Raqamli qishloq xo'jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar" loyihasi doirasida Saken Seyfullin nomidagi Qozoq Agrotexnika Universitetida "Raqamli qishloq xo'jaligini rivojlantirishda navigatsiya tizimini qo'llashning ahamiyati" mavzusida "Kuzgi maktab" hamda yakuniy konferensiya bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirda loyihaning O'zbekistondagi hamkorlari: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti va Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti, shuningdek soha bo'yicha xususiy firmalar vakillari ishtirok etishmoqda.