2023-yilning 7-8 noyabr kunlari Bosniya va Gersegovina davlati Sarayevo shahri Sarayevo universitetida Yevropa Komissiyasining "Ta’lim, audiovizual va madaniyat ijroiya agentligi" (EACEA) va “Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha ekspertlarni markazlashtirilgan qo‘llab-quvvatlash” uyushmasi (SPHERE) tomonidan tashkil etilgan “Towards the 2024 Tirana Ministerial Conference: Implications and points of interest for higher education systems in Partner Countries neighbouring the EU” anjumani bo'lib o'tdi.
Anjuman Erasmus+ milliy ofisi va Oliy taʼlimni isloh qilish boʻyicha ekspertlari (HERE) uchun tashkil etilgan bo'lib, unda O'zbekistondan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va mobil aloqa fakulteti dekani, HERE Xabibullo Nosirov ishtirok etdi.
Seminarda Boloniya jarayonining holati, sifatni baholash, malakani tan olish, harakatchanlik va talabalar almashinuvi, mikro-kreditlar, akademik erkinlik va boshqalar haqida ma'lumotlar taqdim etiladi va muhokamalar qilindi.