Joriy yilning 11-15 may kunlari Erasmus+ milliy ofisi navbatdagi "Erasmus+ Haftaligi"ni tashkil etdi.
Haftalikning maqsadi - Erasmus+ loyihalarining ishtirokchilari tomonidan olingan bilim, ko‘nikma va tajribalar bilan bo‘lishish, loyihalar yutuq va natijalarini keng ommaga yetkazish, oliy ta’lim olishga qiziquvchi yoshlarni Erasmus+ dasturida individual ishtirok etish va oliy ta’lim tizimida dolzarb bo‘lgan mavzularda bir qator mazmunli seminarlar-treninglarni tashkil etishdan iborat. Hafta davomida turli formatdagi qiziqarli tadbirlar onlayn tarzda bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, bugun, 13-may kuni Tempus, Erasmus Mundus va Erasmus+ dasturlarining O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik tajribalari mavzusida onlayn shaklda TATU professori Usmanova Nargiza ma’ruza qildi.
Professor N.Usmanova TATUda amalga oshirilayotgan Erasmus+ loyihalari to‘g‘risida konferensiya ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Onlayn konferensiyada mamlakatimizdagi OTM professor-o‘qituvchilari, 30 nafar Erasmus+ Capacity Building loyihasi vakillari ishtirok etishdi.
TATU matbuot xizmati