Erasmus+ 2026 tanlov natijalariga ko‘ra, jamoamiz va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlanib, tanlovga taqdim etilgan “UzEcoDigiT – Green Digital Transformation of the Undergraduate Educational Program in Ecology and Environmental Protection in Uzbekistan” loyihasi Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) dasturi doirasida moliyalashtirish uchun muvaffaqiyatli tanlab olindi.
Loyihaning asosiy maqsadi - O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi bakalavriat ta’lim dasturlarini yashil va raqamli transformatsiya qilish, zamonaviy o‘quv kurslarini ishlab chiqish hamda innovatsion ta’lim va laboratoriya infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.
Loyiha doirasida yangi va modernizatsiya qilingan ta’lim dasturlari, 12 ta yangi o‘quv kursi, 8 ta innovatsion laboratoriya va 2 ta hududiy yashil o‘quv markazi tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Yevropa hamkorlari:
International Hellenic University, Gretsiya;
Dresden texnika universiteti, Germaniya;
Teramo universiteti, Italiya;
Portugaliya katolik universiteti, Portugaliya.
Loyiha 36 oyga mo‘ljallangan bo‘lib va uning umumiy budjeti 797 882,12 yevroni tashkil etadi.