"Central Asia–2017" XI Xalqaro konferensiyasi natijasiga ko‘ra Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Axborot-kutubxona tizimlari» kafedrasi assistenti eng yaxshi ma’ruzachisi

2017 yil 26-27 aprel kunlari “Central Asia–2017 Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XI Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya doirasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ‘ibot qilishda axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar va OAV hamkorligi, axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan o‘zaro hamkorligi, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxonachilik tizimlari va texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga yo‘naltirilgan sho‘’ba yig‘ilishlari, davra suhbatlari, seminarlar va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Eng yaxshi ma’ruzalar muallifi etib, Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Axborot-kutubxona tizimlari» kafedrasi assistenti Karimov O‘ktam deb topildi.