Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim sifati, boshqaruv samaradorligi va talaba bilan ishlashda alohida o‘rnak bo‘layotgan rahbar va ustozlarni aniqlash maqsadida quyidagi nominatsiyalarda tanlovlar e’lon qilinadi:
⏺ “Eng yaxshi dekan”
⏺ “Eng yaxshi dekan muovini”
⏺ “Eng yaxshi kafedra mudiri”
⏺ “Eng yaxshi tyutor”
G‘oliblar telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Ovoz berishda faqat rasmiy sahifalarimiz obunachilari qatnasha oladi.
❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim! Kimni eng munosib deb hisoblaysiz? O‘zingiz tanlagan nomzodni belgilang va faol ishtirok eting!
🎁 Tanlov g‘oliblari sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
💬 Tez orada ovoz berish jarayonlari boshlanadi, faol bo‘ling va eng yaxshilarni birgalikda aniqlaymiz!