“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 26-mart kuni talabalar o‘rtasida 2026-yil uchun “Eng yaxshi kreativ g‘oya” Respublika tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi.

🚀 Tanlov davomida bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari o‘zlarining innovatsion va amaliy ahamiyatga ega kreativ g‘oyalari bilan faol ishtirok etdilar.

📌 Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — istiqbolli, dolzarb va amaliy yechimlarga ega loyihalarni aniqlash hamda ularni Respublika bosqichiga tavsiya etishdan iborat bo‘ldi.

💬 Taqdim etilgan g‘oyalar quyidagi mezonlar asosida baholandi:
⏺ Ilmiy va innovatsion yangilik;
⏺ Dolzarblik;
⏺ Mavjud analoglardan ustunligi;
⏺ Xarajatlar smetasining asoslanganligi;
⏺ Amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar.

🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi 3 ta g‘oya saralab olinib, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

👏 Tanlovda faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz hamda g‘oliblarni samimiy tabriklaymiz!

🗣Yoshlarning kreativ fikrlashi, tashabbuskorligi va innovatsion yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi bunday tanlovlar kelajakdagi yirik loyihalar uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.