
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida barqarorlik va yashil muhit g‘oyalarini targ‘ib etish maqsadida navbatdagi tanlovga start beriladi!
Ish joyingiz ko‘plab yashil o‘simliklar bilan bezatilganmi?
O‘simlik parvarishlash orqali ekologiyaga hissa qo‘shyapsizmi?
Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!
Tanlov shartlari:
Tanlovda universitetimizning barcha xodimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Qatnashish uchun:
Ish joyingizdagi o‘simliklar bilan tushgan suratni
@TUITPRESS telegram manziliga yuboring.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Tanlov yakunida 2 nafar g‘olib aniqlanadi va Universitet kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!
Tabiatga e’tibor — kelajakka sarmoya! Yashil muhitni birgalikda yarataylik!