TATU Nukus filialida Qoraqalpog'iston Respublikasidagi eng katta mediamarkaz tashkil qilinadi.

  • Asosiy
  • TATU Nukus filialida Qoraqalpog'iston Respublikasidagi eng katta mediamarkaz tashkil qilinadi.

TATU Nukus filialida Qoraqalpog'iston Respublikasidagi eng katta mediamarkaz tashkil qilinadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali openbudget.uz portaliga filialda umumiy qiymati 500 000 000 so'mlik mediamarkaz tashkil qilish tashabbusini joylashtirgan va yakunda loyiha g'olib deb topilib, bugungi kunda loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.

Mediamarkazning asosiy maqsadi internet tarmoqlarida IT sohasiga oid O'zbek va Qoraqalpoq tilidagi kontentni oshirish hisoblanadi.

Shu bilan birga, kelgusida IT sohasi mutaxassisi bo'lmagan yurtdoshlarimiz uchun texnologiyalardan foydalanish bo'yicha maslahatlar, IT sohasiga bog'liq layfxaklar va hattoki xalqga IT xizmatlarni ham ko'rsatish ko'zda tutilgan.

Eng ahamiyatlisi, bu ishlarning hammasi filial talaba-yoshlari tomonidan amalga oshiriladi.