“ENG INNOVATSION G‘OYA” — TATU BOSQICHI BOSHLANDI!

  • Asosiy
  • “ENG INNOVATSION G‘OYA” — TATU BOSQICHI BOSHLANDI!

Innovatsion g‘oyangiz bormi? Uni startapga aylantirish vaqti keldi!

TATU bosqichi g‘oliblari uchun grantlar:
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 20 mln so‘m

Respublika bosqichi g‘oliblari:
🥇500 mln so‘m
🥈300 mln so‘m
🥉200 mln so‘m

Shuningdek, respublika bosqichi g‘oliblari xorijiy inkubatsiya, akseleratsiya va stajirovka dasturlariga yuboriladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
TATUning bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari. Har bir ishtirokchi faqat 1 ta g‘oya bilan qatnashadi.

Ishtirok etish uchun:
1) Imzolangan ariza;
2) nnovatsion g‘oya ma’lumotnomasi;
3) Xarajatlar smetasi — mahsulot rasmi, narxi va do‘kon havolalari bilan;
4) Taqdimot hamda mavjud bo‘lsa, prototip.

🎯Yo‘nalishlar:
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, moliyaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, kiberxavfsizlik, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, mudofaa va xavfsizlik, energiya tejamkorligi, suv xo‘jaligi, ta’lim va ilm-fan.



⏰Arizalar 10-oktabr kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

👉Ariza topshirish: Google Form