Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti talaba qizlari uchun "Emotsional holatlarning inson psixikasiga ta’siri" mavzusidagi seminarda muhim bilim va amaliy koʻnikmalar berildi.
Har bir ishtirokchining faolligini va psixologik bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida psixolog tomonidan turli interfaol usullardan, jumladan, o‘qish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli hayotiy vaziyatlarga asoslangan rolli o‘yinlardan foydalanildi. Tadbir davomida qizlar muammoli vaziyatlarga yechim topish koʻnikmalarini egalladilar, turli xil psixologik usullardan foydalanishni oʻrgandilar, oʻzini va his-tuygʻularini yaxshiroq tushuna boshladilar. Bu esa qizlarning kelajakdagi muvaffaqiyat va baxtga erishishiga hissa qoʻshadi, albatta.