BARCHA FAOL VA O‘ZINI IQTIDORLI DЕB HISOBLAYDIGAN TALABALAR DIQQATIGA!

  • Asosiy
  • BARCHA FAOL VA O‘ZINI IQTIDORLI DЕB HISOBLAYDIGAN TALABALAR DIQQATIGA!
BARCHA FAOL VA O‘ZINI IQTIDORLI DЕB HISOBLAYDIGAN TALABALAR DIQQATIGA!

E’LON!

    Barcha fakultetlar 2-3-kurs talabalari o‘rtasida “BIZ GO‘ZALLIK VA EZGULIK UCHUN YASHAYMIZ” mavzusida mustaqil ish ishlanmalari taqdimoti tanlovi e’lon qilindi. Tanlovga ishtirok etishni xoxlovchi talabalar 20 noyabrdan 10 dekabrga qadar o‘z ishlanmalarini Gumanitar fanlar kafedrasiga (S blok, 3-etaj) yoki MATvaITBI bo‘limi (E.Karimova)ga topshirishlari mumkin. Tanlov yakuni 18 dekabrda o‘tkaziladi. 1,2,3-o‘rinlarga loyiq deb topilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi. Shu bilan birga, g‘olib bo‘lgan talabalarni “Yil sarhisobi – 2018” marosimida taqdirlash ko‘zda tutilgan.

TANLOVDA ISHTIROK ETING VA IQTIDORINGIZNI NAMOYON QILING!