“Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy manzili bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi 3-qavatli o‘quv binosini qurish” ob’ekti bo‘yicha TANLOV E’LON QILADI
Buyurtmachi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Buyurtmachining manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy.
Muloqot uchun telefon: (71)-238-64-66 (Nazarov M.).
Ob’ektda ishlar bajarilishini moliyalashtirish manbai – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, homiylik mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ob’ektni qurish muddati – ishlar boshlanishidan keyin 18 oy.
Buyurtmachi tomonidan belgilangan ob’ekt bahosi - 20 033 992 590,00 so‘m (QQS bilan).
Tanlovda belgilangan shartlarda ishtirok etishni e’lon qilgan qurilishi tashkilotlari va firmalari qatnashishi mumkin;
Yuridik shaxslar birlashmalari – konsorsiumlar tanlovda qatnashishi taqiqlangan.
Tanlovda quyidagi tashkilotlar qatnashishi man etiladi:
- qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan yoki bankrot bosqichida bo‘lgan, mulkiga arest solingan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek ta’sischilik, moliyaviy ishtirok, xolding va boshqa shakllarda ifodalangan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bog‘liqlikka ega;
- buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo‘lgan;
- imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlarda (offshor hududlarda) hamda offshor hududlarda joylashgan banklarda norezidentlar hisob raqamlarida ro‘yxatdan o‘tgan;
- Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan;
- soliqlar to‘lash va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddat o‘tgan kreditorlik qarzdorligi mavjud.
Talabgor sifatida ishtirok etayotgan korxona va tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: ular tanlov predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablag‘larning mavjudligi yoki ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni berishga bank kafolatnomasi, ishlab chiqarish bazalari, ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat va mutaxassislar zaxiralarining mavjudligi, tanlovga qo‘yilgan ob’ektga o‘xshash inshootlarda ishlaganlik tajribasi va ko‘nikmalariga, shartnomalar tuzish yuzasidan fuqarolik muomala va huquqiy layoqatga ega bo‘lishlari hamda tanlov ob’ektnining qiymatining 0,5% hajmida tanlov talabnomalarini ta’minlash kafolatini taqdim etishlari lozim.
Tanlov ishtirokchilari buyurtmachiga ob’ekt hujjatlar mazmuni haqida ma’lumotlar so‘rash huquqiga ega. Ko‘rsatilgan talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki ish kuni ichida buyurtmachi ob’ektning tanlov hujjatlarining mazmunini bo‘yicha tushuntirishlarni yo‘naltiradi, ushbu so‘rov takliflar yuborish muddati tugash sanasigacha uch kungacha tushgan bo‘lishi shart.
Tanlov ishtirokchilarning takliflari tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlar maxsus axborot portalida tanlov o‘tkazish haqida e’lon chiqqan kunidan boshlab 10 kun ichida qabul qilinadi – soat 10.00 ertalabdan kechqurun soat 17.00 gacha xarid komissiyasi («Industrial Techno Consult» MChJ) kotibiati manzili bo‘yicha qabul qilinadi: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Oloy ko‘chasi, 23. tel. (71) 233-28-19.
Tanlov takliflarni ko‘rib chiqish va baholash takliflarni taqdim etish muddati tugash kunidan boshlab 10 kun ichida amalga oshiriladi.
Tanlov ishtirokchilarning takliflarini ochib ko‘rish buyurtmachi manzili bo‘yicha bo‘ladi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy.