Abiturientlar yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qabul komissiyasiga hujjatlarni elektron ko’rinishda (Onlay qabul) topshirishi 17 iyuldan to'xtatildi.
Abiturientlar tomonidan kelib tushgan har bir elektron ko'rinishdagi ariza va hujjat 3 kun davomida ko'rib chiqiladi. Davlat test markazining ma'lumotlar bazasiga ma'lumot kiritish 20 iyul kuni to'xtatiladi. Shuning uchun abiturientlar Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 20 iyul kuniga qadar shaxsan tashrif buyurib bakalavriatura yo'nalishiga hujjatlarni topshirishlari mumkin.