Inkubatsiya markazi hamda Media-markaziga ekskursiya hamda seminar tashkil etildi.

  • Asosiy
  • E'lonlar
  • Inkubatsiya markazi hamda Media-markaziga ekskursiya hamda seminar tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan Chilonzor tuman 1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari uchun TATUning Student office, Inkubatsiya markazi hamda Media-markaziga ekskursiya hamda seminar tashkil etildi.

Ekskursiya hamda seminar davomida TATU faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan atroflicha tanishtirilib, o‘quvchilar hamda xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.